
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining" Milliy tadqiqot universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti va “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani muovini.
2005-yil
Toshkent arxitektura va qurilish instituti magistrantini “Amaliy geodeziya” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan
2005-2017-yillar
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi
2005-2017-yillar
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi
2011-2018-yillar
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan
2019-yil
Dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
2021-yil
“Geodeziya. Kartografiya” ixtisosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
Sarvar Abduraxmonov "Geodeziya. Kartografiya", "Geoinformatika" "Yer tuzish, yer kadastri va yer monitoringi" yo’nalishlarida hamda "GAT asosida demografik jarayonlarini kartaga olishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtish" sohalarida ilmiy izlanishlarni olib boradi.
S.N.Abduraxmonov pedagogik davrida 200 ga yaqin ilmiy va uslubiy risolalar chop ettirgan. Jumladan, hozirgi kungacha 100 dan ortiq ilmiy maqolar chop ettirgan. 20 ga yaqin o’quv qo’llanmalar, 10 ga yaqin monografiya, ixtirolar uchun 10 dan ortiq mualliflik guvohnomalari, respublika va xalqaro anjumanlarda 35 ga yaqin, Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnallarda va Q1, Q2, Q3 indikatsiyalangan jurnallarda 20 ga yaqin maqolalar nashr ettirgan.
U 2022 yilda S.Sayfulin nomli Qozog’iston agratexnologiyalar universitetida va shu yilda Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri, Moskva davlat yer tuzish universitetlarida malaka oshirib kelgan.
Sarvar Abduraxmonov oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oʼquv jarayoniga ilgʼor tajribalarni tadbiq etish boʼyicha geodeziya va geoinformatika taʼlim yoʼnalishi boʼyicha davlat taʼlim standartlarini, malaka talabalari va oʼquv dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan. U fakultetda oʼquv jarayonini samarali tashkil etish, taʼlim jarayonida oʼqitishning kredit-modul tizimini joriy qilish hamda xorijning nufuzi universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirish jarayonlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Kartografiya kafedrasi professori.
1975-1980-yillar
Moskva geodeziya va kartografiya universiteti Kartografiya fakultetida o'qigan
1980-1988-yillar
Toshkent tadqiqot institutida dastlab injener, soʼngra guruh rahbari lavozimlarida oʼz faoliyatini davom ettirgan
1988-1992-yillar
OʼzFА Geografiya boʼlimida kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi.
1996 yili 18 sentyabrda
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʼzbekiston Milliy universiteti) huzuridagi Ilmiy Kengashda 11.00.01- “Tabiiy geografiya” ixtisosligi boʼyicha “Использование картографического метода в улучшении мелиоративного состояния оазисных геосистем пустынной зоны Узбекистана” mavzusida nomzodlik yoqlaydi.
2006-yil 1-iyunda
Moskva geodeziya va kartografiya universitetida huzuridagi Ilmiy kengashda 05.24.03-Kartografiya ixtisosligi boʼyicha “Разработка теории и методов картографирования почвенного покрова для создания кадастров (на примере Узбекистана)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2000-yil
“Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.
2007-2010-yillar
Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori.
2010-yildan hozirgacha
Oʼzbekiston Milliy universitetining geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi mudiri.
Safarov Eshqobul Yuldashovich 200 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Shu jumladan, 6 monografiya, 5 ta darslik, 6 oʼquv qoʼllanma, 4 uslubiy qoʼllanma muallifi, 4 ta atlas taxririyat aʼzosi. 3 respublika ilmiy – amaliy anjuman tashkilotchisi (2009, 2011, 2014 yy.). E.Yu.Safarov talabalarga “Kartashunoslik”, “Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish”, “GАT texnologiyalari”, “Geoinformatsion kartografiya”, va “Kartografiya va geovizualizatsiya” singari fanlardan maʼruzalar oʼqiydi va amaliy hamda laboratoriya mashgʼulotlarini olib boradi.
U 2 ta xalqaro grant koordinatori TEMPUS IV GE-UZ – “Geoinformatika: Oʼzbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni taʼminlash” hamda Erasmus-Mundus dasturining gSmart - 545696-EM-1-2013-1-АT-ERA MUNDUS-EMA21 loyihalarida va 1 ta xalqaro Erasmus+ DSinGIS – “Geoinformatika sohasida doktorantura” grantida qatnashdi. E.Safarov «Oʼzbekiston Geografiya jamiyati axboroti», «Ergeodezkadastr axborotnomasi» va «Geodeziya va geoinformatika» ilmiy juranallari taxrir hayʼatlari aʼzosi, Oʼzgidromet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.G.47.01;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muxandislari intituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy kengashlar aʼzosi va seminar raisi.
E.Yu.Safarov oʼquv jarayonini uslubiy jihatdan taʼminlashda faol ishtirok etib keladi. Uning rahbarligida bakalavriatning 5311500 – Geodeziya, kartografiya i kadastr yoʼnalishi va magistraturaning 5А311502 - Geodeziya i kartografiya mutaxassisligi boʼyicha DTS yaratilgan, malaka talablari takomillashtirilgan va tasdiqlangan.
E.Yu.Safarov universitet, fakultet va kafedraning maʼnaviy-maʼrifiy ishlarida ham faol ishtirok etadi. U kafedrada “Ustoz-shogird” tizimidagi ishlarni tizimli yoʼlga qoʼyish bilan birga, iqtidorli talabalar bilan muntazam tadqiqot ishlarini olib boradi. 2007 yildan boshlab hozirgi paytgacha uning rahbarligida 35 tadan ortiq bakalavrlar malakaviy bitiruv ishlari hamda 18 ta magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. E.Yu.Safarov ilmiy rahbarligida 10 ta mustaqil tadqiqotchi va doktorantlar oʼzlarining falsafa doktori (PhD) va doktorlik (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va ilmiy darajalarini oldilar. Bugungi kunda olim uch nafar doktorant (PhD) va uch nafar mustaqil hamda erkin tadqiqotchilarga rahbarlik qilmoqda.
Safarov Eshqobul Yuldashovich har bir ishda tashabbuskor, jurʼatli, toʼgʼri soʼz, maʼnaviy yetuk, hamkasblariga nisbatan doimo mehribon. U tabiatan kamtar, mehnatsevar, izlanuvchan va respublikamizda geodeziya va kartografiya fanlarining yanada rivojlanishiga oʼzining samarali hissasini qoʼshib kelmoqda.